Payme’da Telegram-botlar orqali to‘lovni amalga oshirish imkoni paydo bo‘ladi

Fan-texnika 16:47 / 21.05.2017 7959

Telegram messenjeri yangi 4.0 versiyadan boshlab ilova ichida mahsulot va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkonini yaratgani haqida ma'lum qilgan edik. Tez orada  o‘zbekistonlik foydalanuvchilar ham bu funksiyadan Payme to‘lov tizimi orqali foydalanishlari mumkin bo‘ladi. 

"Bot Payments sistemasi O‘zbekistonda tez orada ishga tushiriladi. Hozirgi vaqtda Telegram mutaxassislari bilan hamkorlikda texnik ishlarni yakunlash jarayoni ketmoqda. Bot asoschilari Payme'dan yuridik shaxs Paycom sistemasiga sifatida ulanib, kabinetda ro‘yxatdan o‘tishlari va botni ishga tushirishlari kerak bo‘ladi. Bu usul Telegram'ning ichida to‘lovlarni amalga oshirishga imkon beradi. Bunda foydalanuvchining karta ma'lumotlari xavfsizligi standartiga to‘liq rioya qilinadi", – deya Payme bosh direktori Daniya Usmanovaning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Kommersant.uz. 

Ko‘proq yangiliklar: