Britaniyalik olimlar Instagram'ni salomatlik uchun eng xavfli ijtimoiy tarmoq deb topishdi. Qirollikning RSPH ijtimoiy salomatlik markazi va Yoshlar salomatligi harakatining juma kuni taqdim etilgan ma'ruzasi shundan dalolat bermoqda.
Tadqiqotchilar 14-24 yoshdagi 1479 kishini so‘roq qilishdi. Yoshlardan ularning sevimli ijtimoiy tarmoqlari haqida so‘rab, ularning har birini bir necha kalit so‘zlar bilan baholashni taklif qilishdi - masalan, "yolg‘izlik", "depressiya", "tashvish", "maynavozchilik", "tashqi imidjni yaratish". Umumiy hisobda har bir respondentga 14 tadan savol berildi.
Tadqiqot doirasida YouTube, Instagram, Snapchat, Facebook va Twitter ijtimoiy tarmoqlari tahlil qilindi. Ushbu ro‘yxatdagilar orasida eng ijobiy imidj YouTube'ga tegishli - u yoshlar ongiga "eng pozitiv ta'sir" ko‘rsatgan tarmoq sifatida e'tirof etildi. Undan keyingi o‘rinlarda Twitter va Facebook. Foydalanuvchilar tomonidan eng kam ijobiy baholangan tarmoqlar Snapchat va Instagram bo‘ldi.
Hisobot mualliflariga ko‘ra, 16-24 yoshlilarning 91 foizi internetda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishadi.
"O‘rganish nuqtai nazaridan, ijtimoiy tarmoqlar tamaki va spirtli ichimliklardan-da xavfliroq. So‘nggi 25 yil ichida yoshlar orasidagi depressiya holatlari 70 foizga oshdi. Bezovtalik, depressiya va uyqusizlik darajasining oshishi ijtimoiy tarmoqlar bilan bog‘liq", - deya ta'kidlashmoqda olimlar.