GM Uzbekistan avtomobillari necha soniyada 100 km tezlikka erishadi?

Fan-texnika 15:06 / 19.05.2017 48660

GM Uzbekistan AJ o‘zining Facebook sahifasida qiziqarli ma'lumotni joylashtirdi. Unda Lacetti, Cobalt, Nexia va Spark mashinalarining tezlik olish vaqtiga aniqlik kiritilgan. 

“Siz o‘zingizga GM Uzbekistan ishlab chiqaradigan avtomobillardan qaysi biri tezroq tezlik oladi degan savolni berganmisiz? E'tiboringizga, avtomobillar va ular 100 km/soat tezlikka erishadigan vaqt ko‘rsatilgan GIF-tasvirni havola etamiz”, - deyiladi xabarda. 

GIF-suratdan ko‘rish mumkinki, tezlik olish borasida Cobalt avtomashinasi ko‘rsatkichlari ancha yaxshi. U mexanik uzatmalar qutisi (MUQ)da 100 km/soat tezlikka 11,7 soniyada, avtomatik uzatmalar qutisi (AUQ)da 12,6 soniyada shu ko‘rsatkichga erishadi. 

Bu borada yangi avlod Nexia avtomobili ham undan qolishmaydi. U MUQda 12,2 soniyada, AUQda 12,3 soniyada 100 km/s tezlikka chiqadi. Spark ikkala uzatmalar qutisida ham bir xil natija 12,4 soniyani ko‘rsatgan. 

Taqqoslangan avtomobillar orasida Lacetti eng sekini ekanini ko‘rish mumkin. Uning belgilangan tezlikka chiqish uchun sarflaydigan vaqti MUQda 13, AUQda 13,1 soniyani tashkil etadi.

Foto: Facebook.com/gmuzbekistanofficial

Ko‘proq yangiliklar: