Parhezshunoslardan eng mukammal nonushta formulasi

Foto: resto.ru
Shifokorlar eng optimal va me'yoriy nonushta qanday bo‘lishi haqida ma'lumot berishdi. Ular hatto bu borada maxsus formula ham ishlab chiqishdi. "Ortodoks" tibbiy portali shu haqdagi ma'lumot bilan bo‘lishdi.
Demak, ertalabki mukammal nonushta formulasi quyidagicha: murakkab uglevod va oqsil, shuningdek yog‘lar manbai.
Oqsilga boy mahsulotlar - pishloq, tvorog, tuxum, yong‘oqlar va boshqalar. Nofaol uglevodlar - bu turli bo‘tqalar, javdar non va h.k. Foydali yog‘lar - bu zaytun yoki yeryong‘oq yog‘lari, turli yong‘oqlar, avokado, zaytun.
Inson o‘z nonushtasi ratsionini tuzayotganda har turkumdan bir juft mahsulotdan olsa bo‘ladi - shunda ertalabki nonushta uchun mukammal ratsion hosil bo‘ladi.
Asosiysi, nonushtani o‘tkazib yubormaslik hamda faqat qahva yoki choy bilan kifoyalanmaslik.
Mavzuga oid

15:41 / 11.02.2025
Kech nonushta qilish depressiyaga olib kelishi mumkin - tadqiqot

16:40 / 07.01.2025
Xotirani yaxshilashda eng samarali bo‘lgan parhez aniqlandi

18:46 / 08.11.2024
Nonushta qilmaslik diabet va semizlikka olib kelishi mumkin - diyetolog

12:06 / 13.01.2024