Google Gmail'ga "aqlli javoblar" funksiyasini qo‘shdi

Fan-texnika 15:50 / 18.05.2017 4933

Gmail'ning Android va iOS pochta servisida "aqlli javoblar" funksiyasi paydo bo‘ldi, u foydalanuvchiga suhbatdosh xabari asosida turli javob variantlarini taklif qiladi. Google vakillari Google I/O anjumanida shu haqida ma'lum qilishdi. 

"Aqlli javoblar" birinchi marta Gmail asosida ishlovchi Inbox ilovasida hamda Allo messenjerida paydo bo‘ldi. Funktsiya yozishmalar kontekstidan avtomat ravishda kelib chiquvchi qisqa javoblarni taklif qiladi - masalan, uchrashish taklifiga servis "Ha! Qachon?" yoki "Yo‘q, men bandman" variantlari taqdim etiladi. 

Javob variantlari ilova oynasining pastki qismida, javob yoki xabarni qayta yo‘llash tugmasi yonida ko‘rinadi. Foydalanuvchi javobni yo‘llashdan avval unga tuzatish kiritishi mumkin bo‘ladi. 

"Aqlli javoblar" funksiyasini birinchi navbatda inglizzabon foydalanuvchilar sinab ko‘rishlari mumkin. Kompaniya keyinroq bu funksiyaning ispan va boshqa tillardagi variantini ham qo‘shishga va'da berdi. 

Ko‘proq yangiliklar: