17 may kuni xorijiy OAV WannaCry virusiga o‘xshash ishlovchi yangi virus haqida ma'lum qildi. Ma'lum bo‘lishicha, kiberxavfsizlik sohasidagi mutaxassislar kompyuterlarni zararlash uchun WannaCry virusi kabi Windows’dagi zaif joydan foydalanuvchi yangi virus Adylkuzz’ni aniqlashgan.
Bu virusning maqsadi virtual valyuta o‘g‘irlashdan iborat bo‘lib, uni topish anchagina murakkabdir. Ta'kidlanishicha, Adylkuzz 200 mingga yaqin kompyuterni zararlashga ulgurgan. Bu haqda El Mundo nashri xabar bermoqda.
12 may kuni butun dunyo bo‘ylab xakerlik hujumlari yuz bergan. O‘sha kuni WannaCry shifrlovchi virusi qo‘llangan holda 45 ming kiberhujum amalga oshirilgan. Bu virus zararlagan kompyuterdagi ma'lumotlar shifrlanib qolgan. Xakerlar fayllarni asli holatiga qaytarish uchun bitkoinlarda 600 dollar to‘lashni talab qilganlar.