Hindistonlik o‘smir dunyodagi eng kichik sun'iy yo‘ldoshni yasadi

Fan-texnika 20:26 / 17.05.2017 10518

Hindistonlik o‘smir dunyodagi eng kichik sun'iy yo‘ldoshni yasadi. Uning bu ishlanmasi haqida The Telegraph nashri xabar bermoqda. 

15 yoshli Rifat Shaaruk 3D-printerda uglerod tolasidan bosib chiqarilgan detallardan 64 grammli sun'iy yo‘ldosh yasadi. U bu ishlanmasi bilan NASA tomondan o‘tkaziladigan Cubes in Space tanlovida g‘olib bo‘ldi. Rifat o‘z ijod mahsulini Hindistonning sobiq prezidenti Abdul Kalam sharafiga KalamSat deb atadi.

Foto: RIFATH SHAAROOK

Sun'iy yo‘ldoshda bort kompyuteri, Yerning tezlanishi, aylanishi va magnitosferasini o‘lchovchi 8 ta datchik o‘rnatilgan. Sun'iy yo‘ldosh iyunda NASA’ning sinov markazi joylashgan Uollops orolidan uchiriladi. U 4 soatlik suborbital parvozni amalga oshirib, uning davomida 12 daqiqa mikrogravitatsiya sharoitida o‘tkazadi.

Ko‘proq yangiliklar: