Falcon 9 raketa-tashuvchisi Florida shtatida joylashgan Kanaveral burunidagi kosmodromdan parvoz qildi. Unda Inmarsat-5 F4 kommunikatsion sun'iy yo‘ldoshi bo‘lgan, deb xabar berdi SpaceX korporatsiyasi.
Kompaniya startdan yarim soat o‘tib sun'iy yo‘ldosh orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqilganini tasdiqladi.
«Inmarsat-5 Flight 4’ning muvaffaqiyatli ajralgani va oraliq geostatsionar orbitaga chiqqani tasdiqlandi», - deyiladi SpaceX’ning tvitterdagi xabarida.
Inmarsat-5 F4 kommunikatsion sun'iy yo‘ldoshi turli sinfdagi samolyotlarni Wi-Fi bilan ta'minlab berishi lozim.