Ravon Qozog‘istondagi eng xaridorgir avtomobillar beshtaligidan joy oldi

Iqtisodiyot 22:09 / 16.05.2017 21648

2017 yil yanvar-aprel oylari natijalariga ko‘ra, Qozog‘istonda rasmiy dilerlar tomondan 11 018 ta avtomobil sotilgan, bu esa 2016 yilgi shu davrdagi ko‘rsatkichdan 23 foizga kamroqdir. Joriy aprel oyiga ko‘ra 3449 dona mashina sotilgan. Bu ko‘rsatkich avvalgi yilgi shu oydagi ko‘rsatkichdan 8,9 foiz kamroqni tashkil qilgan, biroq 2017 yil mart oyidagi ko‘rsatkichdan 27 foiz ko‘proq bo‘lgan, deb xabar bermoqda Qozog‘iston avtomobillar sohasi korxonalari ittifoqi "KazAvtoProm" matbuot-xizmatiga iqtibos keltirgan holda nur.kz sayti.

Ko‘rilayotgan davr natijalariga ko‘ra qozog‘istonliklar yangi yengil avtomobil sotib olish uchun 272,8 mln dollar sarflashgan, bu esa 2016 yildagi shu ko‘rsatkichdan 18,9 foiz ko‘proqdir. Aprelda bozorda sotilgan avtomobillar umumiy qiymati 89,5 mln dollarni tashkil qilgan va bir yil avvalgi natijadan 34,8 foiz ko‘proq bo‘lgan.  

4 oy natijalariga ko‘ra sotilgan avtomobillardan 7 771 tasi (70,5 foizi) xorijiy mashinalarga, qolgan 3 247 tasi (29,5 foizi) Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan mahalliy mashinalarga to‘g‘ri kelgan. 

Ko‘rilayotgan davr ichida qozog‘istonliklar tomondan eng ko‘p miqdorda Toyota avtomobillari sotib olingan: bu marka mashinalaridan 2290 ta sotilgan.

2-o‘rinni 1 912 ta mashina bilan Lada, 3-o‘rinni esa 856 ta mashina bilan Renault egallagan.

Yetakchi beshtalikni Ravon (774 dona) va KIA (771 dona) markalari yakunlamoqda. Eng muvaffaqiyatli markalar yetakchi o‘ntaligiga Hyundai (673), GAZ (611), UAZ (454), Nissan (403) va Volkswagen (375) kirgan.

Eng ko‘p sotilgan yengil modellar reytingida eng yuqori pog‘onalarni Toyota Camry (885 dona), Lada 4x4 yo‘ltanlamasi (605) va Ravon Nexia (576) egallamoqda. Yetakchi beshtalikni Toyota Rav4 (526) va Lada Granta (489) yakunlamoqda.

Yetakchi modellar yigirmataligidan, shuningdek, Lada Largus (341), Toyota Land Cruiser 200 (319), Renault Sandero (305), Renault Duster (300), Volkswagen Polo (297), Hyundai Creta (292), Toyota Land Cruiser Prado (234), Toyota Corolla (185), Lexus LX (181), KIA Rio (173), Hyundai Tucson (172), Nissan X-Trail (151), Lada Kalina (140), UAZ Patriot (140) va Chevrolet Cruze (131) modellari joy oldi.

Mashinalar sotib olishda eng ko‘p faollikni Olmaota (2 770 ta mashina), Ostona (2 149), Atirau (788), Chimkent (682), Qarag‘anda (663), Qo‘stanay (641), Uralsk (479), Ust-Kamenogorsk (470), Aqtau (467) va Oqtobe (406) shaharlari aholisi ko‘rsatgan.

Ko‘proq yangiliklar: