Markaziy Afrika Respublikasida mingga yaqin musulmon qutqarib qolindi

Foto: Reuters
Markaziy Afrika Respublikasidagi Bangasu shahrida BMT missiyasi xodimlari shaharni egallab olgan jangari xristianlardan masjidda yashirinib olgan mingga yaqin musulmonni u yerdan olib chiqishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu haqda missiyaning rasmiy vakili Erve Verxuzel ma'lum qildi.
13 mayga o‘tar kechasi yuzlab qurollangan jangarilar Bangasuga hujum qilishgan. Bu hujum oqibatida 30 ga yaqin odam, jumladan marokashlik tinchlikparvar askar halok bo‘lgan. Shaharda yashovchi musulmonlar qirg‘indan saqlanib qolish maqsadida masjid va "Chegara bilmas shifokorlar" gumanitar tashkiloti shifoxonasiga yashirinib olishgan.
Musulmonlar jangarilardan bir necha kun masjidda yashirinishlariga to‘g‘ri kelgan. Yaqinda masjiddan oxirgi 250 kishi olib chiqildi va u yerda hech kim qolmagan. Birinchi bo‘lib ayollar va bolalar olib chiqilgan. Odamlarni evakuatsiya qilish vaqtida tinchlikparvar kuchlarga xristianlarning qurollangan militsiyasi "Anti-balaka" otryadlariga qarshi qurol ishlatishlariga to‘g‘ri kelgan, ularni havodan vertolyot qo‘llab turgan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Mavzuga oid

13:14 / 05.03.2025
Sankt-Peterburgdagi “kichik Samarqand” yoxud Buxoro amiri qurdirgan masjid haqida bilasizmi?

23:11 / 21.09.2024
Albaniyada musulmonlar uchun Vatikanga o‘xshash kichkina davlat yaratiladi

17:08 / 30.08.2024
Toshkentdagi Mulla Xolmirza ota masjidi zamonaviy ko‘rinishda qayta qurilmoqda

07:25 / 13.06.2024