«Real» yana bir rekord o‘rnatdi

«Real» himoyachisi Nacho Ispaniya chempionatining 37-turidan o‘rin olgan «Sevilya»ga qarshi uchrashuvda hisobni ochdi.
Aynan ushbu gol bilan madridliklar barcha musobaqalarning ketma-ket 62-uchrashuvida gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. So‘nggi marta «qaymoqranglilar» «Manchester Siti»ga qarshi o‘tgan mavsumdagi YeChL yarim final uchrashuvida (0:0) raqib darvozasiga yo‘l topa olmagandi.
Ushbu natija orqali «Real» kuchli beshlik chempionatlari jamoalari ichida «Bavariya» o‘rnatgan rekordni yangiladi. Myunxen klubi 2013 yilning martidan 2014 yil apreliga qadar ketma-ket 61 uchrashuvda gol kiritishning uddasidan chiqqandi.
Mavzuga oid

13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam

11:56 / 06.02.2025
Yaponiyada rekord darajada qor: bir kishi halok bo‘ldi, o‘nga yaqin odam jarohatlandi

01:45 / 20.01.2025
Peres «Real» prezidentligiga qayta saylandi. U 5-bor saylovlarsiz g‘alaba qozondi

02:16 / 13.01.2025