Jahon | 09:06 / 15.05.2017
3839
1 daqiqa o‘qiladi

Papua-Yangi Gvineyadagi turmada isyon vaqtida 17 mahbus halok bo‘ldi

Foto:EMTV

Papua-Yangi Gvineyadagi turmalardan birida isyon ko‘tarishda ishtirok etgan 17 mahbus politsiya tomondan otib tashlandi.

AFP axborot agentligining ma'lum qilishicha, isyon oqibatida 57 mahbus qochishga muvaffaq bo‘lgan,ulardan 3 nafari qo‘lga olingan. Qochoqlarning ko‘pchiligi og‘ir jinoyatlar uchun jazo o‘tayotgan bo‘lgan.  

Ta'kidlanishicha, Morobe viloyati politsiya komissari Entoni Vagambi shu holat yuzasidan mahalliy aholini ogoh va ehtiyotkor bo‘lishga chaqirgan.

Mavzuga oid