PSA Peugeot Citroen tarkibiga kiruvchi DS markasi DS 7 Crossback yo‘ltanlamasining alohida nusxasini taqdim etdi. Avtomobil Fransiya yangi prezidenti Emmanuel Makron uchun maxsus yaratildi, deb xabar bergan brend matbuot xizmati.
Yo‘ltanlamas Ink Blue kuzov rangi, Fransiya Respublikasi alohida belgilari, trikolor uchun flagshtok, elektr uzatmali yengil ochiluvchi tom, shuningdek, 20 dyuymli alyuminiyli g‘ildirak disklari bilan jihozlandi. Salon qora charmda.
Prezident yo‘ltanlamasi Citroen’ning yangi ilgagiga ham ega, u alohida kamera asosida ishlaydi. U yo‘ldagi holatni o‘rganib boradi, so‘ng elektronika har bir g‘ildirak uchun alohida maxsus amortizatorlar qattiqligini o‘rnatadi. Avtomobil shuningdek DS Connected Pilot yarim avtomat boshqaruv tizimi bilan ham jihozlangan.
Makron avtomobilining boshqa tafsilotlari sir saqlanmoqda. Mart oyida Jyeneva avtosalonida namoyish etilgan standart yo‘ltanlamasning top nusxasi gibridli qurilmaga ega. Uning tarkibiga 200 ot kuchini beruvchi benzinli dvigatel hamda ikkita 80 kilovattli elektromotor kiradi. Umumiy hisobda qurilmalar 300 ot kuchini berishga qodir.
Makronning yo‘ltanlamasi modelning yo‘lda paydo bo‘ladigan ilk nusxasiga aylanadi. DS 7 Crossback’ning rasmiy savdolari faqatgina 2018 yilning boshlariga rejalashtirilgan.