Turkiyada qulog‘i ichida jag‘ bo‘lgan mutant qo‘y aniqlandi

Jamiyat 22:32 / 14.05.2017 28170

Turkiyada qulog‘i chanog‘ida jag‘ bo‘lgan mutant qo‘y aniqlandi. Bu haqda Milliyet gazetasi xabar bermoqda. 

Ushbu noodatiy holatni qo‘yning egasi, G‘aziantepda yashovchi Ali Duman payqab qoldi. Fermerning aytishicha, u qo‘ylarning yungini olayotganda qo‘ylardan birining qulog‘iga shikast yetkazib qo‘ygan. "Biroq men qo‘yning qulog‘ini yaqinroqdan ko‘rmoqchi bo‘lganimda bu og‘iz ekanligini angladim. Men buni ko‘rib qo‘rqib ketdim. Men qo‘rquvdan qaltiray boshladim. Men bunday g‘ayritabiiy holatni birinchi bor ko‘rishim", deb aytdi erkak.

Duman qo‘yni veterinarlarga ko‘rsatishga qaror qildi. Ular ortiqcha og‘iz nostandart joylashganiga qaramasdan, bir nechta tishlarga, so‘lak bezlariga egaligi va yutish harakatlarini amalga oshira olishini ko‘rib juda hayratlandilar. Biroq, mutaxassislarning ta'kidlashicha, quloq ichidagi bu jag‘ hazm qilish trakti bilan bog‘lanmagan.

"Men qo‘y bu og‘zi bilan yeya oladi, deb o‘ylamayman. Bizga buni ko‘rish qiziq bo‘lardi, biroq qo‘y egasi uning salomatligi uchun xavotirlanmoqda", deb aytdi veterinar Isuf Ildirim. Qo‘yni aynan shu veterinar nazorat qilmoqda.

Uning fikricha, bunday mutatsiyaga qo‘yning yashash joyida radiatsion fonning yuqoriligi yoki fermerning kimyoviy oziqalarni haddan ko‘p ishlatishi sabab bo‘lishi mumkin.  

Ko‘proq yangiliklar: