Samarqand viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Ravshan Toshmurodovning «Samarkandskiy vestnik» gazetasiga bergan intervyusiga ko‘ra, yaqin kunlar ichida Samarqandda ham yo‘l harakati qoidalarini buzilganini foto va videoqaydga oluvchi tizim ishga tushiriladi.
«Xuddi Toshkentdagidek, videokuzatuv kameralari va svetoforlar yagona mexanizmga birlashtiriladi. Poytaxtdagidan bitta farqi — ushbu mexanizm uzluksiz ishlab turishi uchun shahar chorrahalariga quyosh nuridan quvvat oluvchi batereyalar o‘rnatilmoqda», — degan R.Toshmurodov o‘z intervyusida.
R.Toshmurodovning intervyuda bildirishicha, yangi tizimga ulangan svetforlarning ishchi faoliyatini optimallashtirish natijasida shahar yo‘llarning o‘tkazish qobiliyati ham oshadi. Bu esa transport vositalarining svetofor bilan tartibga solingan chorrahalarda turib qolishini 20–25 foizga qisqartirib, chiqindi gazlarning havoga uchishini 5–15 foizga, yoqilg‘i sarfini ham shunchaga kamayishiga olib keladi. O‘z-o‘zidan bu shaharning ekologik ahvoliga ijobiy ulush qo‘shadi.