Indianapolisda namoyish etiladigan eng yaxshi Amerika kabrioletlari

Fan-texnika 20:19 / 13.05.2017 9182

Hademay yoz fasli ham kirib keladi. Demak, mashinalarni mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazib, uning sovutgich tizimlarini ko‘zdan kechirish maqsadga muvofiq. Ammo, bu borada yana bir usul bor. Siz tomi yo‘q, ya'ni kabriolet avtomobil xarid qilishingiz mumkin. Amerikaning Indianapolis shahrida bo‘lib o‘tadigan Mecum kimoshdi savdosida ushbu rusumdagi mashinalarning eng noyoblari va ajoyiblarini uchratish, yoqib qolganini xarid qilish mumkin bo‘ladi. 16-21 may kunlari bo‘lib o‘tadigan savdolarda 4 mln dollarlik 1933 yilda ishlab chiqarilgan «Dyuzenberg» hamda birmuncha arzonroq va 1960-yillarda ishlab chiqilgan mashinalar namoyish etiladi. 

Plymouth Prowler, 1999 

Ikki eshikli retrorodster 1997-2002 yillarda cheklangan miqdorda ishlab chiqilgan bo‘lib, narxi 40-50 ming dollar turadi. 

Chrysler 300H, 1962

1962 yilda ishlab chiqilgan 123 dona kabrioletlardan biri 300N (380 ot kuchiga ega V8 motorli, rulning gidrokuchaytirgichi va tugmachali avtomat uzatmalar qutisi). Narxi taxminan 90-110 ming dollar turadi. 

Studebaker Super Lark Daytona Convertible, 1963

Amerikaning afsonaviy modelining 4,7 metrlar keladigan «ixcham» namunasi 1967 yilda to‘xtatilgan. Avanti R2 289 CI V8 dvigateli 225 ot kuchiga teng, uzatmalar qutisi avtomatik. Narxi 90-100 ming dollar atrofida. 

Buick GS Stage 1, 1970

Model nomidagi harflar Gran Sport deb talqin qilingan edi. Bu mashinalar General Motors korporatsiyasining masl-karlar bozoridagi asosiy namoyandalari edi. 360 ot kuchiga ega va to‘liq ta'mirlangan ushbu mashina 175-200 ming dollarga baholanmoqda. 

Chrysler New Yorker Convertible, 1960

Konditsionerli hashamatli kabriolet tomni yig‘ish bo‘yicha elektr uzatmaga ega. Uch bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi va rul gidrokuchaytirgichli mashina 55-75 ming dollarga sotlshi mumkin.
 
Shelby Cobra CSX4000, 1965/2003

Afsonaviy Cobra 427 mashinasining aniq nusxasi. 2003 yili Kerroll Shelbining shaxsan nazorati. 2012 yilda vafot etgan konstruktorning so‘zlariga ko‘ra, «bu haqiqiy Cobra, ammo yanadan yaxshiroq». Sotuvga qo‘yilgan mashina atigi 500 km yurgan. Uni 175-225 ming dollarning bahridan kechib xarid qilsa bo‘ladi. 

Cadillac Deville Convertible, 1960

Biroz o‘zgarishlarga uchragan (eshik tutqichlari olib tashlangan, orqa chiroqlar kuzovga kiritilgan) kabrioletni Amerikaning eng mashhur avtobrendlaridan biri ishlab chiqqan. Narxi 70-85 ming dollar.

Chevrolet Chevelle SS454 LS6, 1970

«O‘tmish tarixga aylandi. Ammo kelgusida bunday mashinalar bo‘lmydi», — 1970 yil may oyida chop etilgan Hot Rod Magazine jurnali ushbu mashinaga shunday baho bergan edi. Haqiqatdan ham shunday bo‘ldi, biroq, hozircha uni xarid qilish imkoni mavjud. Pul bo‘lsa, bo‘ldi. 450 ot kuchiga ega mashinani 400-450 ming dollar to‘lab olish mumkin.

Chevrolet Impala, 1958

O‘ziga yarasha noyob «antilopa»ning birinchi marta avtomat uzatmalar qutisi hamda tomini yig‘uvchi elektr uzatmaga ega namunasi 100-140 ming dollarga baholanmoqda.

Oldsmobile Fiesta, 1953

Amerika avtomobilsozlik sanoatining urushdan keyingi uyg‘onish davri vakili. Lyuks kabriolet cheklangan miqdorda (jami 458 dona) ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘shanda 5715 dollar turgan. Bugungi kun qiymatida 50 ming dollarga yaqin. Ammo, mashina uchun 125-175 ming dollar so‘rashmoqda. 

Chevrolet Corvette CRC Conversion, 2001

«Korveta» S5 asosida Classic Reflection Coachworks (CRC) firmasi tomonidan qayta ishlangan model 125-135 ming dollar arziydi, deb taxmin qilinayapti. 

Pontiac Star Chief Convertible, 1956

Jiddiy ravishda restavratsiya qilingan (Kimoshdi savdosi ma'muriyatiga ko‘ra, buning 65 ming dollar sarflangan) nusxa 225 ot kuchli motor, Hydra-Matic avtomat uzatmalar qutisi va Wonderbar radiosiga ega. Narxi 75-100 ming dollar. 

Pontiac GTO, 1971

Modelning tomi ochiladigan namunasi ba'zan Amerika avtomobilsozlik tarixida ilk masl-kar deb ataladi. Narxi 50-65 ming dollar turadi. 

Ford Thunderbird, 1956

Ford kompaniyasining Chevrolet Corvette kabrioletiga javoban ishlab chiqqan modeli uchun 50-65 ming so‘rashmoqda. Unga restavratsiyadan so‘ng sovutgich va boshqa qulayliklar qo‘shilgan.

Duesenberg Model J, 1933

Yana bir afsonaviy mashinaning kupe-kabriolet kuzovidagi nusxasini Bohman and Schwartz atelesi ishlab chiqqan. Mashina so‘zsiz kino yulduzi Mari Dresslerga, so‘ngra Hollivud rejissyori va prodyuseri Roy Del Rutga tegishli bo‘lgan. U oz emas, ko‘p emas 3,5-4 million dollar atrofida baholanayapti.

Buick Skylark Convertible, 1953

Brendning 50 yilligi munosabati bilan ishlab chiqilgan 1690 kabrioletdan biri 100-150 ming dollarga sotilishi mumkin. 

Suratlar manbasi: Mecum Auction

Ko‘proq yangiliklar: