O‘zlashtirish uchun tavsiya etilgan yuqori talabga ega bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati ishlab chiqildi

Iqtisodiyot 18:57 / 12.05.2017 8111

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq Iqtisodiyot vazirligi tomonidan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va korxonalarning takliflari asosida joriy yilning ikkinchi yarmida o‘zlashtirish va yetkazib berishga tavsiya etilgan 40 000 dan ziyod mahsulotlar ro‘yxati ishlab chiqilgan.

E'lon qilingan ro‘yxatga kiritilgan mahsulotlar iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida doimiy yuqori talabga ega bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning narx-navosi va texnik parametrlari ma'qul kelgan taqdirda, ularni ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan 2017 yilning 2 yarim yilligida xarid qilish uchun shartnomalar tuzilishi mumkin.

Mahsulotlarni o‘zlashtirish va yetkazib berish bo‘yicha buyurtmalarga ega bo‘lish uchun Iqtisodiyot vazirligining maxsus elektron pochta manziliga to‘ldirilgan talabnomani yuborish lozim.

Kelib tushgan barcha talabnomalar tegishli iste'molchi-tashkilotlarga ko‘rib chiqish va shartnomalar tuzish uchun taqdim etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: