Yevropa tiklanish v taraqqiyot banki (YeTTB) O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining joriy yildagi o‘sishiga doir prognozini saqlab qoldi. Bankka ko‘ra, O‘zbekiston YaIM 2017 yilda 6,2 foizlik darajada qoladi. Bu haqda may oyidagi «YeTTB amaliyotlari mamlakatlarida mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar» hisobotida so‘z yuritilgan.
Bank mutaxassisining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi 2016 yilda 7,8 foizni tashkil etgan. 2018 yilda bu raqam 6,5 foizni tashkil etadi.
YeTTB ekspertlarining qayd etishlaricha, energiya manbalarining yuqori eksport narxi, RF iqtisodiyotining tiklanishi va pul o‘tkazmalari hajmining ortishi O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi.