Daewoo Nexia yo‘l o‘rtasida qazilgan o‘raga tiqilib qoldi (Video)
Ma'lumki, Hollivudning ko‘plab jangari kinofilmlarida quyidagiga o‘xshash holatlar ko‘p takrorlanadi: avtomobil shahar bo‘ylab katta tezlikda harakatlanar ekan, kutilmaganda yopiq yoki qurilish ishlari olib borilayotgan yo‘lga burilib, hali barpo qilinmagan ko‘priklar va chuqurlardan talofat ko‘rmay o‘tib ketadi. Biroq, qozog‘istondik haydovchi shunday oddiy tryukni bajarish asnosida hayot bilan vidolashishiga bir bahya qoldi.
Kolyosa.kz saytining yozishicha, yo‘l-transport hodisasi Beyneu — Say-Otes yo‘lining 405 kilometrida sodir bo‘lgan. “Kazavtojol” shirkatiga ko‘ra, yo‘lning ushbu qismi ta'mirlanayotganligi sababli yopib qo‘yilgan, tegishli yo‘l belgilari va to‘siqlar o‘rnatilgan. Barcha transport vositalari shu hududni aylanib o‘tgan. Ammo “Neksiya” haydovchisi taqiqlarga ishonqiramagan shekilli… tavakkalchiligi qimmatga tushdi.
Falokat vaqtida mashinada ikki kishi bo‘lgani xabar qilingan. Shifokorlar birining ahvoli og‘ir ekanini aytishgan.
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025