"Kommersant'": Putin va Poroshenko yashirin tarzda o‘zaro muloqot olib borishmoqda

Foto: Reuters
"Kommersant'" nashrining manbalari Rossiya va Ukraina prezidentlari telefon orqali muloqotni davom ettirayotganlarini ma'lum qildilar. Manbalarning aytishicha, Vladimir Putin va Petr Poroshenko so‘nggi marta aprel oyining birinchi yarmida qo‘ng‘iroqlashishgan. Bu muloqot chog‘ida ikki davlat yetakchisi bir-biriga qo‘pol gapirib yubormaslik uchun hazil aralash suhbat o‘tkazishgan.
Moskva va Kiyevdagi manbalar Putin va Poroshenko o‘rtasidagi oxirgi muloqot 20 daqiqaga yaqin davom etgani va Ukraina tashabbusi bilan o‘tkazilganini ma'lum qilishgan. Ular muloqot chog‘ida Donbassdagi vaziyatni muhokama qilishgan.
Rasman ikki davlat yetakchisi suhbati haqida na Rossiya, na Ukraina OAVda xabar qilinmagan. Ukraina hukumatidagi manbaning aytishicha, suhbat Poroshenko raqiblariga uni "vatanparvarlikka xos bo‘lmagan xatti-harakat"da va "agressor davlat yetakchisi bilan" suhbatlashishda ayblashga imkon bermaslik maqsadida oshkor qilinmagan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ikki yetakchi 2017 yil boshidan beri kamida 4 marta qo‘ng‘iroqlashishgan. Kiyevda dastlab bu fakt rad etib kelingan, biroq keyinroq qo‘ng‘iroqlar bo‘lgani, biroq ular biror-bir aniq natija keltirmagani sababli ularni ma'lum qilmaslikka qaror qilingani aytilgan.
Mavzuga oid

20:30
Putin muzokaralarda yon berish niyatida emas - g‘arb maxsus xizmatlari

01:44 / 08.03.2025
«Uning o‘rnida har kim ham shu ishni qilgan bo‘lardi» - Tramp Ukrainani bombardimon qilayotgan Putin haqida

21:46 / 07.03.2025
Putin Ukrainada ba’zi shartlarda o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor – Bloomberg

21:32 / 06.03.2025