Samarqandda meva-sabzavot eksportini kengaytirish bo‘yicha biznes-forum o‘tkaziladi

Iqtisodiyot 19:43 / 26.04.2017 6560

27-28 aprel kunlarida Samarqand shahrida «Meva-sabzavot mahsulotlari eksportini kengaytirish va raqobatni rivojlantirish» mavzusidagi ikki kunlik biznes-forum bo‘lib o‘tadi.

Unda yuzdan ortiq meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar, sotuvchi va xaridorlar, savdo tarmoqlari, davlat organlari, sarmoyadorlar va xalqaro tashkilotlar vakillari sheriklik aloqalarini o‘rnatish, turdosh tarmoqlar va savdoni rivojlantirish bo‘yicha innovatsion yechimlar izlash, Markaziy Osiyoda meva-sabzavot mahsulotlari eksportini kengaytirish maqsadida ishtirok etishadi. Qatnashchilar «Urgut»  erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurishi ham rejalashtirilgan.

Tadbir Markaziy Osiyoda raqobatbardoshlik, savdo va ishchi o‘rinlarini tashkil qilish bo‘yicha USAID loyihasi, «Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoga ko‘mak berish» , GIZ dasturi va O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘mak berish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil qilinadi.

Ushbu biznes-forum O‘zbekiston kompaniyalariga yangi uzilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun xorijlik xaridorlar bilan aloqalar o‘rnatish imkonini beradi. Eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari assortimenti kengaytirilishi va hajmi ortishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: