Dollarning rublga nisbatan qiymati 2 yillik minimumni yangiladi

Iqtisodiyot 17:26 / 24.04.2017 16979

Moskva birjasidagi savdolar davomida dollar kursi 55.8 rubldan tushib ketdi hamda 2015 yilning iyulida qayd etilgan minimumni yangiladi. Amerika valyutasi Toshkent vaqti bilan soat 14:30 da 55,78 rubl turgan. Bundan savdo maydonchasidagi ma'lumotlar darak bermoqda. 

Shu bilan birga, yevro kursi 60,63 rublni tashkil etgan. Rossiya valyutasi neft kotirovkalarining oshishi fonida mustahkamlanmoqda. Brent turi bir barrel uchun 52,4 dollar turgan – bu avvalgi sessiya yopilishidan 0,8 foizga ko‘proq.

Rossiya banki tomonidan dollar va yevroning 25 aprel kuni o‘rnatilgan rasmiy kursi tegishli ravishda 56,08 va 60,85 rubl etib belgilandi.

«Renessans Kapital» prognoziga ko‘ra, dollar kursi ikkinchi chorakda neftning hozirgi narxlari saqlanib qolinsa 62 rubl atrofida bo‘ladi. 

Ko‘proq yangiliklar: