Buyuk Britaniya 130 yilda ilk marotaba ko‘mir ishlatmadi

Iqtisodiyot 08:27 / 22.04.2017 6563

Buyuk Britaniyada 1880-yillardan beri ilk marotaba bir kun mobaynida ko‘mir yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqilmadi, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi.

«2017 yil 21 aprel 1880 yillardan beri birinchi 24 soatlik davr bo‘ldi. Shu kuni Buyuk Britaniya ko‘mirda ishlaydigan elektr stansiyalaridan foydalanmadi», — deyiladi Britaniyaning National Grid Plc milliy operatori.

Ta'kidlanishicha, hukumat 2025 yilgacha mamlakatdagi barcha ko‘mirli elektrstansiyalaridan to‘liq voz kechishni rejalashtirgan. 

Bu qaror iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash nuqtainazaridan qabul qilingan. 

Ko‘proq yangiliklar: