General Electric’ning sof daromadi 5 marotaba oshdi

Iqtisodiyot 23:43 / 21.04.2017 4016

AQShning ko‘p tarmoqli General Electric konserni 2017 yilning 1-choragida tushumi bir oz kamayganiga qaramasdan, sof daromadini oshira oldi.

Kontsernning sof daromadi 577 mln dollarni tashkil etdi, bu esa 2016 yilning shu davridagidan (107 mln dollar) 5,4 marotaba ko‘proq deganidir. Bu haqda kompaniya matbuot bayonotida aytilgan. Aktsiyadorlarga to‘g‘ri keluvchi sof daromad 619 mln dollarni (aksiyaga 0,07 dollar) tashkil qilgan. O‘tgan yil 61 mln dollar ziyon ko‘rilgan.  

Kompaniyaning operatsion daromadi bir aksiyaga 0,21 dollardan to‘g‘ri kelgan  Shu bilan birga kompaniyaning 1-chorakdagi tushumi o‘tgan yilga nisbatan 1 foizga kamayib, 27,66 mlrd dollarni tashkil qilgan. 

21 aprelda GE aksiyalari 29,95 dollardan sotilgan (-0,28 foiz). 

Kompaniya ko‘plab texnika turlarini, jumladan, lokomotiv, energetik qurilmalar (jumladan, atom reaktorlari), gaz turbinalari, aviatsion dvigatellar, tibbiyot uskunalari, fototexnika, maishiy va yorug‘lik texnikasi, plastmassa va germetiklar, shuningdek, o‘qotar qurol va zirhli texnikadan tortib harbiy-koinot tizimlari va yadroviy kallaklargacha bo‘lgan harbiy maqsaddagi mahsulotlar ishlab chiqaradi.

Ko‘proq yangiliklar: