Yaponiya moliya yilini tashqi savdoda foyda bilan yakunladi

Iqtisodiyot 09:39 / 20.04.2017 3926

Yaponiya 31 mart kuni yakunlangan 2016 moliya yilini tashqi savdoda profitsit bilan yakunladi. Mamlakat moliya vazirligiga ko‘ra, bu holat 2010 yildan beri ilk marotaba qayd etilmoqda. 

Eksport va import amaliyotlari o‘rtasidagi farqni ko‘rsatuvchi tashqi savdo saldosi 4,69 trillion iyen (43,4 milliard dollar)ni tashkil etgan. Yaponiyaning AQShga nisbatan profitsiti 8,2 foizga qisqarib, 6,63 trln iyen (61,3 milliard dollar)dan iborat bo‘lgan.

Eksport 3,5 foizga qisqarib, 71,52 trillion iyen (662,2 milliard dollar) bo‘lgan. Import 10,2 foizga yoki 61,52 trillion iyen (569,6 milliard dollar)gacha qisqargan. Profitsitning asosiy sabablaridan biri sifatida iyen kursining mustahkamlanishi ko‘rsatilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: