Rossiyada O‘zbekistonga neft yetkazib berish masalasi bo‘yicha ishchi guruhi tuzildi

Iqtisodiyot 10:12 / 19.04.2017 6372

Rossiyada O‘zbekistonga neft yetkazib berish imkoniyatini o‘rganuvchi ishchi guruhi tashkil etildi. Bu haqda RNS agentligi Rossiya energetika vaziri Kirill Molodtsovga asosan xabar berdi.

Rossiyalik amaldorning ta'kidlashicha, O‘zbekistonga Qozog‘iston orqali neft yetkazib berish bo‘yicha ikkita ehtimoliy yo‘nalish bor. Uning so‘zlariga qaraganda, hozirda ular ustida ishlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 2017 yilning 5 aprel kuni O‘zbekistonga 500 ming tonna Rossiya neftini yetkazib berish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Ko‘proq yangiliklar: