Noyyer «Santyago Bernabeu»ni qo‘ltiqtayoqda tark etdi. U mavsumni yakunlay olmasligi mumkin

Germaniyaning «Bavariya» jamoasi darvozaboni Manuel Noyyer Chempionlar ligasi ¼ finalida «Real»ga qarshi o‘yinda jarohat oldi. Madridda bo‘lib o‘tgan uchrashuv Myunxen jamoasining 2:4 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
Sport Bild jurnali vakili Tobias Altshefflning Twitter sahifasida xabar qilishicha, Noyyer Madridning «Santyago Bernabeu» o‘yingohini qo‘ltiq tayoqda tark etgan va katta ehtimol bilan tovonida olgan jarohati sabab mavsum so‘nggini o‘tkazib yuboradi. «Bavariya» matbuot xizmatining rasmiy saytida yozilishicha, Noyyerning tovoni singan. Darvozabon jarohatni «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning uchinchi goli vaqtida olgan.
Mavzuga oid

12:16 / 05.03.2025
Madrid derbisida shedevr gollar, «Arsenal»da rekord hisob. YeChLda kun o‘yinlari

16:33 / 21.02.2025
YeChL qur’asi: «Liverpul»ga «PSJ» raqib va Madrid derbisi

16:14 / 19.09.2024
YeChL evolyutsiyasi - «mitti yulduzlar» dunyo futbolini qay tariqa zabt etgani haqida

14:32 / 17.09.2024