Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston suv toshqini xavfi tufayli ortiqcha suvlarni O‘zbekistonga yo‘naltirishi mumkin

O‘zbekiston tomoni Qozog‘iston hududidagi suv omborlarida to‘plangan ortiqcha suvlarni qabul qilishga tayyor. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Asqar Mirzaxmetovga asoslangan holda Today.kz xabar bergan.
«Biz "Kazgidromet" ma'lumotlariga egamiz. Ikki milliard kubometrga yaqin suv to‘plangan. Shardarada yana 500 million kubometr suv yig‘ilishi mumkin. Hozircha jiddiy xavf yo‘q, agar xavf tug‘ilsa ham biz O‘zbekiston tomoni bilan kelishib olganmiz, ortiqcha suvning bir qismini ularning hududiga yuborishimiz mumkin», – degan Mirzaxmetov.
16 aprel kuni Sharik daryosiga quyiladigan Jyembarak daryosida suv ko‘payishi natijasida Ruzayevka qishlog‘ida suv sathining favqulodda tez ko‘tarilishi holati kuzatilgan. Oqibatda 185ta uyni suv bosgan. Zudlik bilan evakuatsiya ishlari amalga oshirilgan.
15 aprel kuni esa Qozog‘istonning Aqmola viloyati Otbosar shahrida favqulodda holat yuzaga kelishi xavfi paydo bo‘lgan — shahar oldidan oqib o‘tuvchi Jabay daryosi to‘g‘onni yuvib keta boshlagandi. Vaziyat og‘irlashgach, hududga qo‘shimcha kuchlar yo‘naltirilgan.
Qozog‘iston Bosh vaziri Bakitjan Sagintayev favqulodda kengash davomida hukumat a'zolariga tabiiy ofatlarga oldindan tayyorgarlik ko‘rish topshirig‘ini bergan. Vazirlar Mahkamasi rahbari mamlakatda ro‘y bergan hodisa — hukumat tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato natijasi ekanini ta'kidlagan.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, suv toshqini 3 kun ichida Ostonagacha yetib kelishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

14:00 / 08.07.2025
Texasdagi suv toshqini qurbonlari soni 104 kishiga yetdi

13:50 / 06.07.2025
Texasda kuchli suv toshqini oqibatlari - fotosuratlar

17:44 / 05.07.2025
Texasda kutilmagan suv toshqinlari oqibatida ko‘plab odamlar halok bo‘ldi

13:11 / 05.06.2025