Jahon | 09:35 / 16.04.2017
12383
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada referendum: Fuqarolar parlamentar va prezidentlik boshqaruvidan birini tanlashadi

Turkiyada konstitutsiyaviy islohot bo‘yicha referendumda ovoz berish jarayoni boshlandi. Mahalliy vaqt bilan soat 07:00da (Toshkent vaqti bilan soat 09:00) mamlakat sharqidagi 32ta va markaz hamda g‘arbdagi 49 viloyatda saylov uchastkalari ochilgan. Ovoz berish jarayoni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da yakuniga yetadi.

Ushbu referendumda Turkiyada ochilgan 167140 saylov uchastkasida 55 mln 319 ming 222 fuqaro ovoz berishi mumkin. Bundan tashqari, qamoqxonalarda yana 461ta saylov uchatkasi ochilgan. Turkiyadan tashqaridagi turkiyaliklar muddatdan oldin ovozlarini berib bo‘lishgan.

Joriy referendumga qo‘yiladigan asosiy masala Turkiyada prezident boshqaruvi tizimining kiritilishi bo‘ladi.

Turkiya konstitutsiyasiga 18 ta o‘zgartirishni kiritish qonuniga ko‘ra, agar o‘zgartirishlar qo‘llab-quvvatlansa, prezident boshqaruvi shakliga o‘tiladi, parlament deputatlari soni 550 nafardan 600 nafargacha oshiriladi, parlamentga saylanish uchun yosh chegarasi 25 yoshdan 18 yoshgacha tushiriladi.

Agar referendum ishtirokchilari konstitutsiyaviy islohotni qo‘llab-quvvatlashsa, Erdo‘g‘an cheklanmagan vakolatga ega bo‘ladi va u yana ikki marta prezidentlikka saylanishi mumkin bo‘ladi. O‘tkazilgan oxirgi so‘rovlarga ko‘ra, taklif etilayotgan o‘zgarishlarni ma'qullovchilar ko‘proqni tashkil qilgan (46-47 foiz kishi "ha" deydi, 43-44 foiz kishi "qarshi" bo‘ladi, 10 foiz atrofidagi kishi hali bir qarorga kelmagan).

Tuzatishlarga ko‘ra, navbatdagi parlament va prezidentlik saylovlari Turkiyada 2019 yil 3 noyabrda bo‘lib o‘tadi. 

Turkiya konstitutsiyaga taklif qilinayotgan o‘zgartirishlar

Mavzuga oid