70 yil muqaddam, 1947 yilning 12 martida Entso Ferrari o‘zining sharafiga nomlangan ilk avtomobilning ruliga o‘tirgan edi. U 125 S modeli edi.
Oradan bir necha o‘n yillar o‘tgach Ferrari NV lyuks sinfining jahon brendiga aylanib ulgurgan. Faqatgina o‘tgan yilning o‘zida ularning daromadi 3,1 mlrd. dollardan oshiqroqni tashkil etdi. Superfast, GTC4 Lusso, 488 GTB, Spider, California, LaFerrari yoki F12 kabi avtomobillarning narxi yuz minglab dollarga baholanadi, quvvati esa 600 ot kuchidan ortiqroq.
Biroq bugun konveyerdan chiqayotgan Ferrari’larning hammasi ham topinish obekti bo‘lavermaydi. 250 GTO poyga afsonasi bilan baslashish qiyin yoki barcha Miami Vice o‘yini orqali ko‘proq taniydigan Ferrari Daytona Spider va Ferrari Testarossa kabi pop-madaniyatning o‘lmas qismiga aylanish dushvor. Brendning fanatlari 1990-yillar boshidagi 1984 Ferrari GTO va Ferrari 348 GTBs haqida hanuz orzu qilishadi, barcha birdek sevadigan Dino va takrorlanmas Enzos haqida gapirishning o‘zi ortiqcha. Keling, Ferrari tarixining eng yorqin sahifalarini birgalikda varaqlab ko‘raylik.
.Entso Ferrari
Entso Ferrari ilk Ferrari 125 S modelining ruliga 1947 yilning 12 martida o‘tirgan. U mashinada Italiyaning Maranello shahri ko‘chalarini kezadi. Shunday qilib italyan stilini butun dunyoga mashhur qilgan kompaniyaning tarixi boshlanadi.
Ferrari Scuderia Ferrari Grand Prix poyga jamoasining asoschisi hisoblanadi. Ferrari brendi "Formula-1"da 1950 yilda ishtirok etadi, shu sababli kompaniyaning keyingi yutuqlari hech kim uchun syurpriz bo‘lmay qoladi. Entso Ferrari 1988 yilning 14 avgustida Maranelloda vafot etadi. U 90 yoshni qarshilagan edi
Barcha Ferrari’larning otasi
12 silindrli 125 S modeli Piachentsadagi poygalarda 1947 yilda ishtirok etadi. Shu yili u 136 km masofada o‘rtacha tezliknni soatiga 88 km.ga yetkazib, Rim gran-prisini yutadi.
2015 yilda Ferrari NV Yyu-York fonda birjasida qaydga olinadi (NYSE: Ferrari NV [RACE]). 2017 mobynida kompaniyaning 70 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlarida o‘tkaziladi. Tadbirlarning ramzi — kishnayotgan ot tushirilgan mashhur emblema, mavzusi esa — "Hissiyotlarda harakatga kelish".
Italyan raketasi
Ferrari Thomassima — juda noyob model. Bor yo‘g‘i uchta shunday avtomobil ishlab chiqarilgan: Thomassima I suv toshqini vaqtida nobud bo‘lgan, Thomassima III Italiyaning Modena shahridagi Ferrari muzeyidan joy olgan. Suratda esa Shimoliy Kaliforniyada xususiy mulk sifatida foydalanilayotgan Thomassima II tasvirlangan. U 1966 yilda Ferrari 330 P4ga ehtirom sifatida ekspluatatsiyaga kiritilgan.
Ma'lumki, Maserati ishlab chiquvchilari ushbu modelning yaratilishida katta xizmat qilishgan. Avtomobilni har ikki kompaniya injyenerlari yaratishgan, chunki Ferrari’ning yetakchi ixtirochisi Tom Mid ilgari Maserati’ning poyga avtomobillari bo‘limida ishlagan.
Nufuz ramzi
Britaniyalik komik Piter Sellers va uning xotini, shved aktrisasi Britt Eklend 1965 yilning oktabrida 400 ot kuchiga ega Ferrari 500 Superfast’ni tomosha qilishmoqda. Sellers avtomobilni hozirgina Erls-Kort (London) dagi avtosalondan 11,5 ming funt-sterlingga xarid qilgan.
Ferrari Superfast seriyasini 1964 yildan 1966 yilgacha ishlab chiqargan va uni 2017 yilda qaytadan ishlab chiqarmoqchi. Birinchi seriyada bor-yo‘g‘i 25 avtomobil bo‘lgan, ikkinchisida esa 12 ta. Ularning aksariyati qirollik oilalari, yuqori martabali shaxslar va Hollivud yulduzlari tomonidan xarid qilingan.
Ferrari afsonasi
Laferrari Aperta — 70 yillik yubileyga atalgan cheklangan miqdordagi model hisoblanadi. V12 dvigateli, elektr uzatma va KERS texnologiyasi sharofati bilan avtomobil quvvati 949 ot kuchiga teng.
Bu model texnologiya, unumdorlik, stil va esklyuzivlik borasida Ferrari’ning asosiy qadriyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan va sayyoramizdagi eng orzu qilingan avtomobil hisoblanadi. Bu fotosurat 2016 yilgi Parij avtosalonida olingan, ayni paytda ishlab chiqarilgan barcha avtomobillar sotib bo‘lingan.
Bir chimdim rok
Who poses at Tara rok-guruhi barabanchisi Kit Mun va uning qizi Amanda Surrey grafligi Chertsi shahridagi o‘z uyida. Bu fotosurat 1972 yilning okyabrida olingan, unda Mun kolleksiyasidagi boshqa ba'zi avtomobillarni, masalan pachoqlangan Ferrari Dino’ni ham ko‘rish mumkin.
Ferrari’ning orqa uzatmaga ega bo‘lgan har qanday sportcha avtomobili "Dino" nomi ostida ishlab chiqarilar edi, Uning kapoti ostida kamida 12 ta silindr bo‘lib, 1968–1976 yillar oralig‘ida ishlab chiqarilgan.
Garchi Dino’ning paydo bo‘lishi sal arzonroq avtomobillar ishlab chiqarishga urinish bo‘lgan bo‘lsa-da, model brend fanatlari ichida katta shuhrat qozongan. Ideal sharoitlarda avtomobil Porsche 911’ga raqobat qilishi mumkin edi. Avtomobil Entso Ferrarining 24 yoshida vafot etgan o‘g‘li nomiga qo‘yilgan.
Dino 246 Ferrari’ning nisbatan ommaviy ishlab chiqarilgan ilk avtomobili bo‘lgan bunday modeldan 3,5 mingtasi sotilgan.
Monakoning dabdabali hayoti
Bu fotosuratda Toni Bruks Monako Gran-prisida Ferrari Dino 246 №50 rulida 1959 yilda Monte Karlo ko‘chalarida sayr qilmoqda. Dino’ning 2,4 litr hajmli, 195 ot kuchi quvvatli Dino 246 kabi modellari yuqorisi yopilgan GT avtomobil-kupelari ko‘rinishida ishlab chiqilgan.
1971 yildan so‘ng uning asosida Spyder GTS modeli paydo bo‘lgan. Britaniyalik poygachi Toni Bruks "Formula-1" poygalari bo‘yicha 39 ta jahon chempionatida ishtirok etgan va 10 marta shohsupaga ko‘tarilgan. Ulardan 6 tasida birinchi o‘rinni egallagan. Bundan tashqari, u Vanwall va Aston Martin jamoalarida ham poygada qatnashgan.
Shou yulduzlari
Qatnashuvchilar va hakamlar 2016 yil 21 avgustda Kaliforniyadagi Pebbl Bichdagi Concours d'Elegance kimoshdi savdoasida Ferrari 330 P4 Drogo Spyder 1966’ni qurshab olishgan. Ferrari’ning bu modeli retro-avtomobillar kimoshdi savdosida 370 million mablag‘ sarflagan kolleksionerlar o‘rtasida eng mashhuri bo‘lib chiqdi, chunki 2 ta LaFerrari avtomobili uchun pu pullarning 3 millioni to‘langan.
Pebble kim oshdi savdosining bu yil taxmin qilinayotgan eng yirik 10 bitimidan 5 tasi Ferrari 250 hissasiga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda — u hanuz eng mashhur modelligicha qolmoqda.
2012 yil mayida 1962 yilgi Ferrari 250 GTO avtomobili tarixdagi eng qimmat avtomobilga aylandi: amerikalik telekommunikatsiya magnati Kreyg Makko uni 38,1 million dollarga xarid qilgan.
Ferrari-"to‘rttalik"
Ferrari FF 2011 Sidneydagi avtoshou davomida. Bu Ferrari’ning eng yangi tarixi davomida to‘liq uzatmali to‘rt o‘rindiqli ilk avtomobil hisoblanadi. Hetchbek kuzoviga ega stilli avtomobil 12 silindrli divgatel va qo‘sh birikmali uzatmalar qutisiga ega. Salonda katta yoshli to‘rt kishi uchun yetarli joy bor, orqa qismida esa Ferrari mezonlari bo‘yicha juda sig‘imli bagaj joylashgan.
Modelning boshlang‘ich bahosi 300 ming dollar turadi; ilk ishlab chiqarish yilida 800 tagina avtomobil yasalgan. O‘shandan beri Ferrari shu mavzuga oid bir nechta variantni taqdim etdi. Ulardan biri o‘ta nihoyatda tez Ferrari GTC4 Lusso — ancha bejirim va yo‘lda yanada tajovuzkor ko‘rinishga ega model hisoblanadi.
Poygadagi parvoz va qulashlar
Jankarlo Bagetti va Mario Kasonining Ferrari Dino 166P poyga avtomobili (foto 1965 yilning iyunida suratga tushirilgan) fastbek tepidagi kichikroq shifti bilan farqlangan, biroq Fransiyada o‘tgan "Le Manda 24 soat" poytagsida bor-yo‘g‘i ikki soat qatnashgan, shundan so‘ng dvigatelidagi nuqsonlar bois foydalanilmay qo‘yilgan.
Bir yil muqaddam Jon Sertiyes Ferrari 158 F1 avtomobilida "Formula-1" bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan, bu muvaffaqiyatsizlik esa fanatlarni chuqur qayg‘uga solgan. Biroq oradan ikki yil o‘tib, Ferrari’ning uch avtomobili (ikkita 330 P4 va 412 P) Floridadagi Dayton shahrida o‘tkazilgan chidamlilik poygasida shohsupaning eng yuqorisidan joy egallashgan.
Ulug‘vorlikni ta'qib etib
"Formula-1" poyga Ferrari’si 2017 yil boshida Barselonadagi sinov trekida aylana yo‘lni yakunlamoqda. Fevral oyida Ferrari yangi poyga avtomobilini taqdim etdi va u Mercedes-Benz Daimler AG bilan 2017 yilgi "Formula-1" chempionatida baslashadi.
Scuderia Ferrari jamoasi so‘nggi marta konstruktorlar kubogida 10 yilcha muqaddam — 2008 yilda g‘alaba qozongan, o‘tgan yili esa biror poygada g‘alaba qozona olgani yo‘q, shu sababli italyanlar: "Bizda o‘zimizni oqlash uchun biror bahona qolmadi", deyishadi.
SF70-H nomi ostidagi yangi avtomobil Italiyadagi Fiorano sinov trekida taqdim etildi va uni "Formula-1"ning yangi mavsumiga tayyorgarlik doirasida pilotlar Sebastyan Fettel va Kimi Raykkonen boshqarib ko‘rishdi.
Xuddi o‘sha qirmizi
Qirmizi rangning ma'lum bir jilosi Ferrari’ning aynan poyga modellari bilan birga eslanadi. Alfa Romeo Automobiles Spa va Maserati bilan qo‘shib hisoblanganida ham, Rosso Corsa doimo italyan poyga jamoalarining an'anaviy rangi bo‘lgan.
Endi poyga avtomobillarining aksariyati homiylarning belgilari va emblemalari bilan qoplangan, bir qarashda an'ana barham topgandek. Nima bo‘lganda ham, Ferrari boshqalardan ko‘ra qizil rangga ko‘proq bog‘langan, ayniqsa o‘zining seriyali modellarida. Ferrari’ning savdoga chiqarilgan avtomobillari 80 foizining rangi — qizil.
Yaxshi kunlarni nishonlang
Pininfarina’dan 2011 yilgi Ferrari 550 Barchetta Pininfarina dizaynerlik uyining 70 yilligiga atab yaratilgan. Avvaliga Barchetta ochiq, yengil va ikki o‘rinli, poyga uchun yaratilgan sportcha avtomobil edi.
Bu seriyali avtomobil 478 ot kuchiga ega 12 silindrli dvigatel, olti pog‘onali uzatmalar qutisiga ega bo‘lib, tezligini soatiga 320 kilometrga yetkaza olgan. Bundan tashqari, uning yechiladigan ustki qismi bo‘lib, uni o‘rnatish murakkabligi bilan odamlarning esida qolgan, boz ustiga 110 km/soat tezlikda undan foydalanish mumkin emas edi. Bunday avtomobillardan bor-yo‘g‘i 448 tasi ishlab chiqarilgan.
Superunikal, supertez
1965 yilg Ferrari Tipo 410 Superamerica. Kupe kuzovidagi ikki o‘rinli avtomobil maksimal tezligini soatiga 290 km.ga yetkaza oladi, 100 km/soat tezlikka 4 soniyada erishadi. Barcha bunday Ferrari’lar singari u ham cheklangan hajmda ishlab chiqarilgan: bor-yo‘g‘i 100 ta shunday avtomobil sotilgan. Pininfarina tomonidan yaratilgan kuzovda 12 silindrli Ferrari dvigateli joy olgan.
Zamonaviy Ferrari
Modeler Tommi Hilfiger 2003 yilgi Ferrari Enzo’da. Bu olcharang avtomobil 400 ta ishlab chiqarilganidan bittasi. U 2002 yilgi parij avtosalonida debyut qilgan; Hilfiger uni yangiligida sotib olgan va shuncha payt ichida unda 6 ming km.ga yaqin yo‘l bosgan. O‘tgan yili modeler uni Arizona shtati Skottsdeyl shahridagi RM Sotheby's auksionida 2,7 million dollarga sotgan.
Ferrari Singapurni egallamoqda
Scuderia Ferrari jamoasi a'zolari Ferrari’ning finlandiyalik piloti Kimi Raykkonen bilan Singapur Gran-prisi pit-leynida. 2016 yil 15 sentabr.
Uslubli sayohat
Ferrari California T HS — yozda shahardan chetda dam olish uchun ideal avtomobil. Uning 3,9 litr hajmli sakkiz silindrli dvigateli turbopuflash bilan quvvatni 553 ot kuchiga yetkazadi va 100 km/soat tezlikka 3,7 soniyada erisha oladi. Maksimal tezligi — 315 km/soat. Yetti pog‘onali qo‘sh birikmali uzatmalar qutisi Ferrari California standart versiyaga nisbatan qayta ishlangan va endi uzatmani oshirish 30 foizga, pasaytirish 40 foizga tezroq amalga oshadi.
California T HS oddiy modelga o‘xshash o‘rinlar soniga ega, orqasidagi bagai juda kichkina. Yoqilg‘ini iqtisod qilish litriga 9 km.ni tashkil etadi.
Barcha zamonlarning malikasi
1965 yilda ishlab chiqarilgan Ferrari 166 P 206 SP Dino 0834 ga so‘nggi nigoh.