Boeing kompaniyasi Norvegiyaning Norsk Titanium AS korxonasi samolyot qismlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishini ma'lum qildi. Ishlab chiqarish jarayoni Norvegiyada boshlanadi. Joriy yil yakuniga qadar esa – Nyu-York shtatining Plattsburgidagi korxonada davom ettiriladi.
Ayni damda Norsk va Boeing texnologiya tasdiqlanishini kutmoqda: sertifikatlashtirish AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi tomonidan o‘tkaziladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Boeing Dreamliner’ning ba'zi bir qismlari esa 3D-bosma yordamida tayyorlanadi.
Yangi texnologiya Boeing Dreamliner 787 avialaynerining har birini qurish jarayonida 2-3 million dollar atrofida mablag‘ iqtisod qilish imkonini beradi.