XKS ekipaji Yerga qaytdi

Xalqaro kosmik stansiyasi ekipajining 3 nafar a'zosi Qozog‘istonga qo‘ndi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi.
"Roskosmos" fazogirlari Sergey Rijikov va Andrey Borisenko hamda NASA astronavti Robert Sheyn Kimbrou Yerga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Ular 173 kun fazoda qolishdi.
Bortida atigi ikki nafar fazogir bo‘lgan "Soyuz MS-04" parvozi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan 20 aprelda amalga oshirilishi belgilangan. Unda "Roskosmos" kosmonavti Fyodor Yurchixin va NASA astronavti Jyek Fisher fazoga ko‘tariladi. Fazo kemasi XKSga 70 kgli yukni ham yetkazadi.
Mavzuga oid

18:13 / 02.03.2025
Xususiy kompaniyaga tegishli kosmik apparat ilk bor Oyga qo‘nishni amalga oshirdi

14:06 / 27.02.2025
NASA missiyasi doirasida Oyga qo‘nish moduli uchirildi

21:59 / 24.02.2025
NASA va SpaceX xavfli asteroidlarni kuzatuvchi teleskopni uchiradi

17:07 / 19.02.2025