Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada 88 ta poliklinika qayta tashkil etilmoqda

Farg‘ona viloyati hokimligining kichik majlislar zalida xalq deputatlari viloyat Kengashining yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Prezidentning joriy yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimini yaratish va ana shu yo‘nalishdagi vazifalarni yangi bosqichga olib chiqdi.
Qarorga asosan viloyatda qishloq vrachlik punktlari sonini 283 tadan 150 tagacha qisqartirish va 88 ta qishloq vrachlik punktlari negizida kunduzgi statsionari mavjud bo‘lgan qishloq oilaviy poliklinikalarini, qisqartirilayotgan qishloq vrachlik punktlari negizida yangi 37 ta nimstansiyalarni tashkil etish va ularda tez tibbiy yordam tarmog‘ini yanada kengaytirish, ikki smenali ish tartibini joriy etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, qisqartirilishi ko‘zda tutilayotgan qishloq vrachlik punktlarida faoliyat olib borayotgan 369 nafar kichik tibbiy xodimlar, 262 nafar menejyerlar hamda 333 nafar qorovullarni ish bilan ta'minlash maqsadida viloyat mehnat bosh boshqarmasiga ma'lumot berildi. Qishloq vrachlik punktlarini yosh va salohiyatli mutaxassislar bilan ta'minlash maqsadida ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari bilan uch tomonlama shartnomalar imzolandi.
O‘tgan uch oylik davr ichida viloyat miqyosida xonadonlarning tibbiy-ijtimoiy holati o‘rganildi. Viloyat ixtisoslashgan markazlarining mutaxassislari tomonidan Farg‘ona va Quvasoy shahri, Yozyovon, Toshloq, Beshariq, Quva, Qo‘shtepa, Oltiariq, Rishton, Bag‘dod, Uchko‘prik tumanlarida 4934 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Yangi tashkillanayotgan 88 ta poliklinikada tez tibbiy yordam xizmatining tunu kun faoliyatini yo‘lga qo‘yish, 37 ta yangi tez tibbiy yordam shoxobchasini tashkil etish, ularga 48 ta “Damas” avtomashinasini xarid qilish bo‘yicha viloyat moliya boshqarmasi va Sog‘liqni saqlash vazirligiga taklif kiritilgan edi. Vazirlik tomonidan ajratilgan 9 dona “Damas” maxsus avtomashinasi mart oyi yakunida viloyat “Shifo tez yordam” avtokorxonasiga keltirildi. Tumanlarda ushbu brigadalar uchun shtat birliklari ajratilishi yuzasidan daxldor tashkilotlarga takliflar berildi.
Sessiyada aholini sifatli, arzon dori-darmon va tibbiyot vositalari bilan ta'minlash, dorixonalarda dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chegaralangan narxlarda sotilishini qat'iy nazoratga olish borasidagi chora-tadbirlar kutilgan ijobiy natijalarni bermayotgani, bunda deputatlarning mas'uliyati va javobgarligi yetishmayotganiga tanqidiy baho berildi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
O‘rmon yong‘inlari havo isiyotgani bilan bog‘liqmi? Ularning oldini olish choralari mavjudmi?
O‘zbekiston | 16:43
-
Yozning jazirama kunlarida ayollar terisini qanday parvarish qilish kerak?
Ayollar dunyosi | 16:35
-
Yakkasaroy tumanidagi yong‘inda yettita archa daraxti yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:11
Mavzuga oid

21:50 / 23.07.2025
Asalarilar o‘limi davom etmoqda. Moddiy zarar qoplanadimi?

21:52 / 22.07.2025
Farg‘onada adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashlagan shifokor qamaldi

16:09 / 18.07.2025
Tomda mehmonxona qurish mumkinmi?

09:04 / 18.07.2025