Aston Martin birinchi seriyali yo‘ltanlamasi shakli ko‘rsatilgan tizerni taqdim etdi. Avtomobil ishlab chiqaruvchisi model haqida qo‘shimcha ma'lumotlarni keltirmagan.
Yo‘ltanlamas Aston Martin’ning Uelsdagi sobiq aviatsiya baza hududidagi yangi korxonasida ishlab chiqarila boshlanadi. Autocar’ning xabar berishicha, zavodda yo‘ltanlamas bilan birgalikda DB11 kupesi, shuningdek Lagonda markasi ostidagi ikkita model ham yig‘iladi.
Aston Martin birinchi yo‘ltanlamasi dastlabki nusxasi Jyenevadagi avtosalonda 2015 yilning martida taqdim etildi. Prototip DBX deb nomlangandi.
Kontsept-kar butunlay elektr kuch qurilmasi bilan jihozlangan bo‘lib, bunda g‘ildiraklarda o‘rnatilgan dvigatellardan foydalanish ko‘zda tutilgandi. Ular litiy-oltingugurtli batareyalardan quvvatlantirilgan. Bundan tashqari, prototip karbon-keramik tormozlar bilan ham jihozlandi.
Taxminlarga ko‘ra, Aston Martin birinchi yo‘ltanlamasi 2019 yildan boshlab ishlab chiqariladi.