Pokistonda terakt, 6 kishi qurbon bo‘ldi

Pokistonning Lahor shahrida xudkush terrorchi o‘zini portlatishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, ularning 4 nafari harbiylar. Shuningdek, terakt oqibatida 22 kishi jarohatlangan.
Geo TV telekanali xabariga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 07:15da shaharning janubi-sharqiy qismida ro‘y bergan. Terakt nishonida aholi sonini ro‘yxatga olish bilan band bo‘lgan harbiylar edi.
Maxsus xizmatlar ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu terakt mototsiklda harakatlangan xudkush tomonidan sodir etilgan.
Hozircha hech bir tashkilot ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Mavzuga oid

23:45 / 07.03.2025
AQShda qo‘lga olingan shaxs «Krokus»dagi teraktga aloqador ekanini tan oldi

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

12:56 / 25.02.2025
Lahor va Karachida O‘zbekiston savdo vakillari ofisi tashkil etiladi

22:37 / 22.02.2025