Sud Booking.com saytining Turkiyadagi faoliyatini to‘xtatdi

Fan-texnika 11:34 / 30.03.2017 2935

29 mart kuni Istanbul sudi turarjoy va mehmonxonalarda xonalarni bronlash xizmatini taklif etuvchi Booking.com xizmatining Turkiyadagi faoliyatini taqiqladi. Bu haqda Milliyet nashri yozmoqda.

Sud mamlakat sayyohlik agentliklari birlashmasining arizasini qanoatlantirishga qaror qilgan. Birlashma xizmatni «noxolis raqobat» yuritganlikda ayblagan. 

Ta'kidlanishicha, sud qarori kuchga kirgach, xizmat sayti axborot texnologiyalari qo‘mitasi tomonidan bloklanadi. 

Avvalroq, Turkiya hukumati Tor nomli anonim tarmog‘ining faoliyatini ham to‘xtatgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: