Rossiyada "nanoshokolad" ishlab chiqildi

Fan-texnika 19:46 / 29.03.2017 5150

Uzoq Sharq federal universitetining Biotibbiyot maktabi (UShFU BTM) ilmiy xodimlari tarkibida dengiz karami bo‘lgan shokoladning original retseptini ishlab chiqishdi. "Nanoshokolad" o‘z ingridiyentlarining mitti hajmi va maxsus ozuqaviy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Hi-Tech ishlab chiaruvchilardan yangi mahsulotni ishlab chiqarish texnologiyasiga oid ma'lumotlarni olishga muvaffaq bo‘ldi

Manbaga ko‘ra, tayyorlash texnologiyasi shokolad tayyorlashning an'anaviy usulidan biroz farq qiladi. 

"Shokoladning asosiy xususiyati - laminariyaning eng mayda zarrachalarini qo‘llash. Masalliq Yaponiyaning maxsus tegirmonlarida maydalangan", - deydi UShFU BTM oziq-ovqat ilmi va texnologiyalari departamenti dotsenti Yelena Dobrinina.

Hajmining kichikligi tufayli shokoladdagi foydali moddalar yaxshiroq o‘zlashtiriladi. Inson u orqali o‘ziga kerakli elementlarni oladi.

"Innovatsion texnologiya tufayli "nanoshokolad"ning faol moddalari organizm tizimlariga samarali yetkazib beriladi. Aynan shuning uchun biz unga bunday ilmiy nom berishga qaror qildik. Bizning shokoladimiz klassik ta'mga ega, dengiz karamining mazasi esa deyarli sezilmaydi", - deya so‘zlaydi Yelena Dobrinina.

Hozirda "nanoshokolad" tayyorlashning yangi texnologiyasi sinovdan o‘tkazilmoqda. Olimlar unga patent rasmiylashtirishmoqchi. 

Ko‘proq yangiliklar: