Hyperloop One kapsulasi 2022 yildan yo‘lovchilarni tashishni boshlaydi

Fan-texnika 09:19 / 29.03.2017 7394

Hyperloop One rahbari Shervin Pishevar jurnalistlarga kompaniyaning yaqin yillardagi rejalarini tanishtirib o‘tdi. Jumladan, u 2020 yilga kelib, kompaniya yuk tashishlarni amalga oshirishi, keyinroq esa yo‘lovchilarni tashishini aytib o‘tdi.  

Pishevarning qayd etishicha, joriy yilda kompaniya muhandislari yangi transport tizimini sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Hyperloop One filiallari ochilganida muammo tug‘ilmaydi. Kompaniya dunyo bo‘ylab ko‘plab mamlakatlar hukumati bilan shartnomalar imzoladi. Dastlabki savdo tugunlaridan biri Dubayda quriladi.  

Hyperloop One kapsulasida sayohat qilish yo‘lovchi uchun odatiy tezyurar poyezdga nisbatan ancha arzonga tushadi. Shuningdek, u vaqtni ham yaxshigina tejaydi. 

Pishevar ta'kidlashicha, ekologik tozalik — Hyperloop'ning yana bir xususiyatidir. U kelgusida bu kabi transport vositasi dengizdagi yuk tashuvchilar o‘rnini bosishi va yuklarni tezroq hamda arzonroq yetkazishda yaqindan yordam berishiga ishonmoqda. Shu bilan birga Hyperloop okean ifloslanishini oldini oladi. 

Hyperloop transport tizimi ulkan quvur bo‘lib, uning ichidagi vakumda yuqori tezlikda harakatlanuvchi  yuk tashish va yo‘lovchi kapsulalari joylashadi.

Ko‘proq yangiliklar: