Audi reklamasi o‘yinchoq avtomobili yordamida suratga olindi

Fan-texnika 18:26 / 29.03.2017 8619

Meksikalik suratkash Feliks Ernandes Audi Q2 reklamasining s'yomka jarayonidan lavhalar taqdim etdi. Unda avtomobilning mitti modellaridan foydalanilgan. Audi'ning rasmiy saytida shu haqida ma'lum qilindi. 

Ernandes loyiha uchun uch sahna ishlab chiqdi: sahro, shahar ko‘chasi va BAAdagi Dubay kanali orqali ko‘prikka olib chiquvchi yo‘l.

Suratkash o‘zining Kankundagi studiyasida sement va suv yordamida haqiqatga juda yaqin qum uyumlarini yaratdi. Bundan tashqari, boshqa bir epizod uchun fon tanlash maqsadida Dubayga borib kelishiga to‘g‘ri keldi. 

"Fantaziyaning poyoni bo‘lmaydi, cheklovlar bizning ichimizda. O‘ylashimcha, manzarali suratlarning 70 foizi - kerakli vaqtda kerakli joyda bo‘lish. Albatta, bu joy va vaqtni topish uchun harakat talab qilinadi", - deydi suratkash Feliks Ernandes.

2016 yilning oktabrida Ernandes Audi R8 avtomobili suratlar seriyasini taqdim etgan, unda ham avtomobillarning o‘yinchoq versiyalari qo‘llangan.

Ko‘proq yangiliklar: