Artel savdo belgisi kafolat shartlarini o‘zgartirdi

Fan-texnika 09:07 / 29.03.2017 15780

Artel savdo belgisi ostida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan yirik maishiy texnika maxsulotlarining kafolat shartlari o‘zgardi.
Har bir ishlab chiqaruvchi kompaniya rivojlanish jarayonida iste'molchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasida uzoq muddatli va o‘zaro yuqori darajadagi ishonchli munosabatlarni barpo etish muhimligini his etib boradi. Ushbu munosabatlar negizida ham iste'molchining, ham ishlab chiqaruvchining mahsulot sifatiga bo‘lgan ishonchi turadi. Shu boisdan Artel kompaniyasining yirik maishiy texnikalari uchun to‘liq kafolat muddati endilikda mahsulot xarid qilinganidan so‘ng 3 yilgacha amal qiladi. 

Bundan avval, Artel savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan yirik maishiy texnikalarga kafolat muddati, 1 yillik to‘liq kafolat va 2 yillik servis xizmatidan iborat edi. Bir yillik to‘liq kafolat shundan iboratki, bu muddat mobaynida ta'mirlash, ehtiyot qismlarini bepul almashtirish va mutaxassis xizmati bepul bo‘lishi kafolatlanardi. Keyingi ikki yil ichida esa ishlab chiqaruvchi xarid qilingan texnika uchun bepul servis xizmatini taqdim etgan, bunda ehtiyot qismlari uchun xaridor alohida haq to‘lagan. 

Endi esa, Artel maishiy texnikasini xarid qilgan xaridor, (to‘g‘ri foydalanish sharti bilan) uch yil mobaynida servis markazidagi ta'mirlash, servis xizmatini ko‘rsatish, ehtiyot qismlarini almashtirish bo‘yicha xarajatlarni Artel kompaniyasi o‘z zimmasiga oladi. 

Bunday o‘zgarishlar, shubhasiz, Artel yirik maishiy texnikasi xaridorlari uchun hamda ishlab chiqaruvchining o‘zi uchun ijobiy holatdir. To‘liq kafolat uzaytirgan ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotining sifatiga ishonchini namoyish etadi va bu ishonchni iste'molchiga ham taqdim etadi. Mijozlar esa, kafolat shartlarining yaxshilanishi bilan mahsulot bilan birga qo‘shimcha foydaga ega bo‘lishadi.
Quyidagi o‘zgarishlar 2016 yilda ishlab chiqarilgan yirik maishiy texnikalarga ham amal qiladi.

Reklama huquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: