“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish” mavzuida matbuot anjumani tashkil etildi

Iqtisodiyot 18:00 / 28.03.2017 5408

Shu yilning 28 mart kuni respublika ommaviy axborot vositalari vakillari, bank xodimlari, aholi va tadbirkorlar ishtirokida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish borasida olib borilayotgan ishlar”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim hamda Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida muhtaram Prezidentimiz tomonidan “bank tizimiga fuqarolar va tadbirkorlarni haqiqiy ishonchini qozonish va ularga chinakam ko‘makdosh bo‘lish, xalqni tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka o‘rgatish va shunga yetaklash” vazifasi yuklatildi.

Anjumanda mazkur yo‘nalishda dastlab O‘zsanoatqurilishbankining barcha filiallarida aholi bilan ish olib boruvchi alohida 44 ta yangi bo‘limlar tashkil etilib, ularga 170 nafar malakali xodimlar ishga olinganligi haqida gapirildi.
Tadbirda bank tomonidan kredit ajratish shartlari va namunaviy biznes loyihalarni aholi orasida keng targ‘ibot qilish uchun ommaviy axborot vositalarida reklama roliklari namoyish etilib, “maslahat markazlari” hamda mahallalarda “targ‘ibot stend”lari tashkil etilganligi haqida ta'kidlab o‘tildi. 

Matbuot anjumanda O‘zsanoatqurilishbank bo‘yicha mazkur yangi tizim doirasida bankka biriktirilgan 362 ta qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi 501 mingta xonadonlarning barchasiga taklif xatlari yuborilganligi qayd etildi.

O‘zsanoatqurilishbank xodimlari shu kungacha 440 mingta xonadonga birma-bir kirib, ularni imkoniyatlarini o‘rganishdi va 362 ta maxallalarning har birida seminarlar o‘tkazganliklari ma'lum bo‘ldi.

Natijada 37 ming 327 ta xonadon tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish istagini bildirib, 15 ming 334 ta xonadonga  105 mlrd.so‘m imtiyozli mikrokreditlar ajratildi va 18 ming 322 ta ish o‘rinlari yaratilganligi anjumanda alohida ta'kidlab o‘tildi.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalarida efirga uzatilayotgan O‘zsanoatqurilishbank reklama roliklarida bank xodimlari xodimlari “Xalq rozi bo‘lsa ishimizda unum va baraka bo‘ladi” shiori
asosida aholini bankka va o‘zlarining tadbirkorlik qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan ishonchlarini mustahkamlashmoqda.

Reklama huquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: