“Lukoyl” Rossiyadagi AYoQShlarining 1/3 qismini sotishi mumkin

Iqtisodiyot 15:37 / 28.03.2017 5018

Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi ushbu mamlakatdagi AYoQShlarining 30 foizini sotishni rejalashtirmoqda. Bunga ularning rentabelligi pastligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Gap Rossiyaning markaziy hududlaridagi 700ga yaqin yoqilg‘i quyish shoxobchalari haqida borayotgan bo‘lishi mumkin. 

Rossiyadagi jami AYoQShlarning 21 foizi – 2544ta yoqilg‘i quyish shoxobchasiga egalik qiluvchi kompaniya tarmog‘ining zarar keltirib ishlayotgan bo‘linmalarini sotish ustida bosh qotirmoqda. Xususan, mamlakatning 7 mintaqasidagi shoxobchalaridan voz kechmoqchi. RBK agentligi suhbatdoshiga ko‘ra, bu Orenburg, Vladimir, Kostroma, Orlov, Bryansk viloyatlaridagi deyarli barcha tarmoq hamda Moskva viloyati va Chuvashiyadagi AYoQShlarning bir qismidir. 

Shu bilan birga, kompaniya Turkiyadagi tarmog‘ini kengaytirish ustida ishlayapti. Kompaniya prezidenti Vagit Alekperovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda kompaniya Turkiyada 600dan ortiq yoqilg‘i quyish xoxobchasiga ega bo‘lib, bu ushbu mamlakatdagi AYoQSh bozorining 5 foizi demakdir. 

Ko‘proq yangiliklar: