O‘zbekiston Gruziya bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirmoqchi

Iqtisodiyot 16:17 / 27.03.2017 3900

Bugun Gruziyaga o‘zbek delegatsiyasining tashrifi boshlanadi, deb xabar bermoqda Gruziyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati.

Delegatsiyaga O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchilik qilmoqda. Tashrif davomida Gruziya hukumati va bu mamlakat parlamenti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Tashrif chog‘ida savdo-iqtisodiy, transport, madaniy va boshqa sohalardagi Gruziya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: