Xitoy Braziliyadan go‘sht importini qayta tikladi

Iqtisodiyot 15:46 / 27.03.2017 3451

Xitoy hukumati Braziliyadan go‘sht mahsuloti importiga qo‘yilgan cheklovni olib tashladi. Bu haqda XXR TIV rasmiy vakili Xua Chunin dushanba kuni ma'lum qildi.

"Xitoy profilaktik xarakterga ega bo‘lgan tegishli vaqtinchalik cheklovlarni olib tashladi hamda chegaradagi har kunlik sanitariya nazorati rejimini tikladi. Braziliya Pekinni sifatsiz go‘sht mahsuloti ishlab chiqaruvchilari hamda yetkazib beruvchilariga nisbatan tegishli choralar ko‘rilganini xabardor qildi", - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Braziliya federal politsiyasi 17 mart kuni muddati o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullangan yirik jinoiy guruhning 30dan ortiq ishtirokchisini hibsga oldi. Huquq-tartibot idoralarining xabar berishicha, maxsus amaliyotda taxminan 1,1 ming xodim ishtirok etgan. Ikki yil davomida o‘tkazilgan surishtiruv obektiga esa nafaqat ichki bozorda, balki mahsulotini xorijga eksport qiluvchi Braziliya kompaniyalari aylandi. 

Bir qator davlatlar esa go‘sht mojarosi fonida bu ishga aloqador bo‘lgan mahsulotlardan vaqtinchalik voz kechish haqida qaror qabul qilishdi. Chili, Meksika, Vetnam, XXR Braziliya go‘shti importini vaqtinchalik taqiqlab qo‘ygan bo‘lsa, YeI, Yaponiya, Kanada va JAR go‘sht importiga qator cheklovlar qo‘ydi.

Ko‘proq yangiliklar: