Tesla kompaniyasi asoschisi Elon Mask ishlab chiqarish uchun tayyor bo‘lgan yangi Tesla Model 3 modelidagi safarining qisqa videosi bilan bo‘lishdi. Rolikda modelning ilk yig‘ilgan nusxalaridan biri namoyish qilingan.
Mask bu modeldagi avtomobillar turli komplektatsiyada 2018 yildan keyin sotuvga chiqarilishini ma'lum qilgan. 6 soniyali rolikda avval paydo bo‘lgan prototiplardan farqlanuvchi hech bir jihat namoyish qilinmagan.
Mashina uchun buyurtmalar 2017 yil apreldan boshlab olinadi. Model iyuldan boshlab ishlab chiqarila boshlanadi. Maskning aytishicha, elektrokarni xarid qilmoqchi bo‘lganlar uni 6 oydan 9 oygacha kutishlariga to‘g‘ri keladi.
Tesla 2018 yilda Model 3’ni ikki xil versiyada: AWD va Performance-konfiguratsiyalarda ishlab chiqarmoqchi. Asosiy model narxi soliq imtiyozlari chegirib tashlanguncha 35 ming dollarni tashkil qiladi. Elektrokar bir quvvatlanishda 346 km masofani bosib o‘ta oladi. 2018 yilda Buyuk Britaniya uchun modelning o‘ng rulli versiyasi chiqariladi.