Xitoy hukumati 2017-2021 yillarda import hajmini oshiradi

Iqtisodiyot 11:42 / 25.03.2017 4619

Xitoy importi yaqin besh yil ichida 8 trln dollarni tashkil etadi. Bu haqda XXR Davlat kengashi rahbarining o‘rinbosari Chjan Gaoli ma'lum qilgan.

"Import tezkor ravishda o‘sadi. Biz, shuningdek, 600 mlrd dollar miqdorida chet el investitsiyasini mamlakatga yo‘naltirishni maqsad qilganmiz", - deb ta'kidlab o‘tdi u Boaoda o‘tgan Osiyo iqtisodiy forumida.

Chjan Gaolining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hukumati chet el sarmoyasi uchun mamlakatda yanada qulay shart-sharoit yaratishni maqsad qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: