Xitoy Yevropa Ittifoqidan ekologik toza texnologiyalar uchun 500 mln yevro oladi

Iqtisodiyot 19:48 / 25.03.2017 4685

Yevropa investitsion banki (EIB) vitse-prezidenti Jonatan Teylor Xitoy ekologik toza texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish uchun bankdan 500 mln yevro miqdorida kredit olishini ma'lum qildi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda. 

Teylorning ta'kidlashicha, Yevropa investitsion banki butun Xitoy bo‘ylab ekologik toza loyihalarga, jumladan shahar transporti, o‘rmon xo‘jaligi va energiya samaradorligiga investitsiyalar hajmini oshirishni rejalashtirmoqda.  

Teylor Xitoy milliy banki bilan "yashil" obligatsiyalarni standartlashtirish bo‘yicha ish olib borilayotganini ham qo‘shimcha qildi.  

Ko‘proq yangiliklar: