Kompyuter qirol Georg III aqldan ozgan shaxs bo‘lganini aniqladi

Fan-texnika 18:13 / 24.03.2017 11224

Buyuk Britaniya qiroli Georg III vasvasa sindromidan aziyat chekkan. Buni uning yozuvlarini kompyuter tahlilidan o‘tkazgan olimlar aniqlashdi. Ilmiy izlanish natijasi PLOS ONE jurnalida e'lon qilindi.

Tadqiqotchilar qirolning yuzlab maktublarini kompyuter tahlilidan o‘tkazishdi. Uning uslubi vasvasa sindromi bilan xasta bo‘lganlarga o‘xshash bo‘lgan. Shuningdek bu kasallik bipolyar buzilishning bir bosqichi sanaladi. Avvalroq uning xatti-harakatidagi noodatiylik irsiy kasallik bilan bog‘liq ekani taxmin qilingandi.

Qirolning vasvasa kasalligi zo‘raygan paytda maktub yozish uslubi qolgan vaqtda bitilgan nomalardan keskin farq qilgan – so‘z boyligi kamaygan, qirol kamroq lahjadan foydalangan va so‘zlarni kamroq ishlatgan. Tahlilga jiddiy darajadagi bipolyar buzilishga ega zamonaviy insonlar yozuvi asos qilib olindi. Tadqiqotchilar bu uslubni boshqa, xususan tarixiy ham, hozirgi mashhur shaxslarni ham (masalan, AQShning yangi prezidenti Donald Tramp kabilarni) tahlil qilishda ishlatish niyatida. 

Ko‘proq yangiliklar: