Jahon | 12:34 / 24.03.2017
8695
1 daqiqa o‘qiladi

Atambayev prezidentlikdan ketganidan keyin ham siyosat bilan shug‘ullanishda davom etadi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev yana bir marta ikkinchi muddatga saylanish niyatida emasligini ta'kidlab o‘tdi. U matbuot anjumani vaqtida jurnalistlarga shu haqida ma'lum qilgan.

«Gellap instituti so‘roviga ko‘ra reytingim 77–78 foiz atrofida. Ha, boshqa davlatlar rahbarlari ham ikkinchi muddatga qolishim kerakligini aytishdi», — deya qayd etgan u.

U bu ishni qilmasligi, shu bilan birga siyosatda qolishi, lekin bosh vazir ham, spiker ham bo‘lmoqchi emasligini ta'kidlagan. Atambayev Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasi rahbari sifatida qolmoqchi.

«Siyosatda qolish uchun muayyan lavozimda bo‘lish shart emas. Agar men buni istaganimda boshqa referendum o‘tkazgan bo‘lardim», — deya qayd etgan prezident.

Mavzuga oid