Twitter ekstremizmga qarshi kurash davomida 636 ming akkauntni to‘sib qo‘ydi

Foto: RIA
Twitter ijtimoiy tarmog‘i rahbariyati "zo‘ravonlik va ekstremizm"ga qarshi kurash dasturi doirasida 2015 yil o‘rtasidan hozirgi kungacha 636 mingdan ko‘proq akkauntni to‘sib qo‘ygan. Bu haqda ijtimoiy tarmoq hisobotiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Hisobotda aytilishicha, 2016 yilning 2-yarmida 400 mingga yaqin akkaunt to‘sib qo‘yilgan.
Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoq rahbariyati ishonchli akkauntlar va yangiliklar nashrlari egalari tomondan kontentni o‘chirishga arizalarni qabul qiladi.
Mavzuga oid

10:15 / 04.03.2025
O‘zgalar nomiga akkaunt ochib, ularning tanishidan pul undirgan talaba ushlandi

18:16 / 13.02.2025
Ilon Maskning ijtimoiy tarmog‘i Trampga 10 mln dollar to‘lab beradi

17:45 / 08.01.2025
O‘zbekistonda taqiqlangan diniy manbalar va materiallar ro‘yxati e’lon qilindi

22:26 / 24.08.2024